Marek kasalligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Marek kasalligi — parrandalarning neyrolimfomatozi, favqulodda paydo boʻladigan va oʻta yuquvchan kontagioz virusli kasallik. Sanoat parrandachiligi rivojlangan barcha davlatlarda keng tarqalgan. Asosan, tovuqlar kasallanadi, lekin kurka, tusto-vuq, bedana va boshqa parrandalarda ham uchraydi. Oʻtkir kechganda ichki organlar, teri va mushaklarda limforetikulyar toʻqimalarning rivojlanib kupayishi, surunkali kechganda esa periferik nerv tomirlarining zararlanishi, kuz shox pardasining rangi oʻzgarishi va krrachiqning deformatsiyasi bilan tavsiflanadi. Parrandalarda umumiy holsizlik, oriqlash, junjikish, qanot va oyoqlarida parez va paralich kuzatiladi, koʻzi koʻrmay qoladi.

Soʻyilgan kasal parranda mahsulotlari, parvarish predmetlari yuqish omillari hisoblanadi. Tashhis epizo-otologik (virusologik va serologik) tekshirishlar natijasida qarab qoʻyiladi. Davosi topilmagan.

Oldini olish: parrandalarni parvarish qilishda veterinariya sanitariyasi va zoogigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilish; inkubatsiya uchun tuxum faqat sogʻlom xoʻjaliklardan olinishi zarur. Bir sutkalik joʻjalarni vaksina bilan emlash iqtisodiy zararning keskin kamayishiga olib keladi.

Hoshim Nurmamatov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil