Mare Jan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

MARE (Marais) (asl ism-familiyasi Vilen-Mare) Jan (1913.11.12—Parij — 1998) — fransuz aktyori. Romantik rollar ustasi sifatida tanilgan. Dastlab teatrda J. Kokto pyesalarida oʻynagan. Kinodagi muvaffaqiyati ham shu dramaturg ijodi bilan bogʻliq: "Abadiy qaytish", "Orfey", "Orfeyning vasiyati" va boshqa Shuningdek, u "Xavfli oʻxshashlik", "Graf Monte-Kristo", "Temir niqob", "Parij sirlari" hamda "Fantomas" nomli kinoserial (ikki — Fantomas hamda jurnalist Fandor) va boshqa filmlarda bir qancha rollarni ijro etgan. 1974-yildan umrining oxirigacha Fransiya aktyorlar uyushmasini boshqargan. "Mening sodda haqiqatlarim", "Hayotim tarixi", "Hikoyalar" kabi kitoblarning muallifi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil