Marcin Robak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marcin Robak
Robak at Pogoń Szczecin training 2014
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Marcin Robak
Tavallud sanasi 29-noyabr 1982-yil (1982-11-29) (41 yosh)
Tavallud joyi Legnica, Polsha
Boʻyi 1.84 m
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000—2002 Konfeks Legnica 8 (1)
2002—2005 Miedź Legnica 33 (12)
2006—2008 Korona Kielce 66 (19)
2008—2010 Widzew Łódź 73 (46)
2011—2012 Konyaspor 50 (12)
2012—2013 Mersin İdmanyurdu 0 (0)
2013—2014 Piast Gliwice 14 (5)
2014—2015 Pogoń Szczecin 49 (32)
2015—2017 Lech Poznań 45 (20)
2017—2019 Śląsk Wrocław 68 (37)
Milliy terma jamoa
2010—2014 Polsha 9 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Marcin Robak (talaffuzi: Marchin Robak; 1982-yil 29-noyabrda tugʻilgan) — polshalik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan. 2010—2014-yillar oraligʻida Polsha terma jamoasi safida 9ta oʻyinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Robakning Ekstraklasadagi birinchi klubi Korona Kielce boʻlib, jamoada 2006-yilning 25-martida debyut qilgan. Keyingi mavsumda Koronaning asosiy hujumchisiga aylandi va 2007—2008-yilgi mavsumda oʻnta gol urdi.

Kelasi mavsum Koronadan Widzew Łódźga oʻtdi. I liganing eng yaxshi hujumchilaridan biri boʻlib, klubdagi birinchi mavsumida 20 ta gol urdi. Widzew Robak bilan birga keyingi mavsumda Ekstraklasaga koʻtarildi va ilk bor Robak Polsha terma jamoasiga chaqiruv oldi.

2010—2011-yilgi mavsum oʻrtalarida Turkiyaning Konyaspor klubiga oʻtdi[1]. Klub 2011—2012-yilgi mavsumda quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, Robak Mersin Talim Yurduga oʻtdi va klubda mavsumning yarmini oʻynadi.

Robak Polshaga qaytib, Piast Gliwice bilan shartnoma imzoladi[2]. 2013-yil 13-avgustda Robak Pogoń Szczecinga oʻtdi va 2013—2014-yilgi mavsumda 22 ta gol bilan Ekstraklasada eng yaxshi toʻpurar boʻldi. Pogondagi soʻnggi mavsumi jarohatlarga boy boʻldi va Robak bor-yoʻgʻi 17 liga oʻyinda ishtirok etgan.

2015—2016-yilgi mavsum oldidan ikki yillik shartnoma asosida amaldagi chempion Lech Poznańga oʻtdi. 2016—2017-yilgi mavsumda ligada 18 ta gol urdi va ikkinchi marta Marco Paixão bilan birga Ekstraklasaning eng yaxshi toʻpurarlari boʻldi.

2017-yilda Śląsk Wrocław bilan shartnoma imzoladi. 2018-yilning 30-aprelida Robak Ekstraklasadagi 100-golini urdi.

2019—2020-yilgi mavsumda Robak Polshaning uchinchi divizioni vakili Widzewda oʻynadi[3]. Hujumchi 2021-yilning yozida klubni tark etdi[4].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

9-may, 2018-yil holatiga koʻra[5][6]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Korona Kielce 2005—2006 Ekstraklasa 10 2 3 0 - - 13 2
2006—2007 28 7 3 3 - 6 2 37 12
2007—2008 28 10 1 0 - 2 1 31 11
Jami 66 19 7 3 - 8 3 81 25
Widzew Łódź 2008—2009 I liga 30 21 1 0 - - 31 21
2009—2010 33 18 1 0 - - 34 18
2010—2011 Ekstraklasa 10 7 1 0 - - 11 7
Jami 73 46 3 0 - - 76 46
Konyaspor 2010—2011 Süper Lig 16 4 - - - 16 4
2011—2012 TFF First Liga 34 8 0 0 - - 34 8
Jami 50 12 0 0 - - 50 12
Mersin İdmanyurdu 2012—2013 Süper Lig 0 0 2 0 - - 2 0
Piast Gliwice 2012—2013 Ekstraklasa 11 4 - - - 11 4
2013—2014 3 1 - 2 2 - 5 3
Jami 14 5 - 2 2 - 16 7
Pogoń Szczecin 2013—2014 Ekstraklasa 32 21 1 1 - - 33 22
2014—2015 17 11 1 1 - - 18 12
Jami 49 32 2 2 - - 51 34
Lech Poznań 2015—2016 Ekstraklasa 8 2 1 0 3 0 1 0 13 2
2016—2017 37 18 6 3 - 1 0 44 21
2017—2018 0 0 0 0 1 0 - 1 0
Jami 45 20 7 3 4 0 2 0 58 23
Śląsk Wrocław 2017—2018 Ekstraklasa 31 18 1 0 1 0 - 33 18
Jami faoliyati 328 152 22 8 7 2 10 3 367 165

1 Shu jumladan, Polsha Superkubogi va Ekstraklasa kubogi .

Xalqaro Gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hisob va natijalar roʻyxati birinchi boʻlib Polshaning gollari soni, hisoblar ustuni Robak golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.
Marcin Robak tomonidan kiritilgan gol
T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2010-yil 20-yanvar Nakhon Ratchasima, Tailand  Tailand 3—0 3—1 Doʻstona

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lech Poznań

  • Polsha Superkubogi : 2015, 2016

Widzew Łódź

  • I liga: 2008—2009, 2009—2010

Individual

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Polish Players in Lower Ligas“ (en-US). JohnnyBet. Qaraldi: 2020-yil 30-iyul. [sayt ishlamaydi]
  2. „Marcin Robak - Łączy nas piłka“. www.laczynaspilka.pl. Qaraldi: 2020-yil 30-iyul.
  3. „Marcin Robak piłkarzem Widzewa“. www.90minut.pl. Qaraldi: 2020-yil 30-iyul.
  4. Marcin Robak odchodzi z Widzewa Łódź (Wayback Machine saytida 2021-07-31 sanasida arxivlangan), widzew.com, 13 June 2021
  5. „Marcin Robak“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 18-avgust.
  6. „Marcin Robak“. 90minut.pl. Qaraldi: 2015-yil 18-avgust.