Mar-del-plata

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mar-del-plata — Argentinaning sharqiy qismidagi shahar. Buenos-Ayres provinsiyasida. Aholisi 541,8 ming kishidan ziyod (2001). Transport yoʻli va shosse yoʻl orqali Buenos-Ayres shahri bilan bogʻlangan. Atlantika okeani sohilidagi port, mamlakatning harbiy dengiz floti bazasi. Oziq-ovqat (jumladan, baliq konservalash), poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Baliq ovlash markazi. Jan. Amerikaning eng yirik dengiz boʻyi kurortlaridan biri. Shaharga 1874 yilda asos solingan. Muzey, universitet bor. Turizm rivojlangan. Xalqaro shaxmat turnirlari oʻtkaziladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil