Maqsudiy Tangriqul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Maqsudiy Tangriqul (1881, Toshkent — 1931.23.4, Moskva) — pedagog , dramaturg va shoir. Toshkentdagi Beklarbegi va Eshonquli dodxoh madrasalarida tahsil oldi. Turkiyaga borib bilim yurtida oʻqidi. Munavvarqori Abdurashidxonov taʼsiri ostida ijtimoiysiyosiy karashlari shakllandi. M. 1914—15 yillardan mahalliy matbu-otda shoir va publitsist sifatida koʻzga tashlanadi. Oʻsha davr muvaqqat nashrlari, xususan, "Al-Izoh", "Al-Isloh" jur.larida sheʼr va makrlalari chop etilgan. Asarlarida odamlarni maʼri-fatga, Yevropa fantexnika yutuklarini oʻrganishga chaqirgan. Oʻqituvchilik faoliyatini olib borish bilan bir vaqtda "Turon kuchi" teatr guruxini tashkil qildi (1919) va oʻzi dramaturg , rejissor, aktyor sifatida ishtirok etdi. "Eski maktab, yangi maktab" (1 pardali kulgi), "Vatan yoxud Vatan qur-bonlari" (3 pardali drama) asarlarini yezdi. 1919—21 yillarda "Milliy ittihod" tashkilotida faoliyat olib bordi. Keyin yana pedagoglik bilan shugʻullandi.

M. shoʻro xukumatining qatli omiga uchradi (1931). Moskvadagi Vagankovo qabristoniga dafn qilingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil