Maqsuda Shodmonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Maqsuda Shodmonova (1931.25.12, Fargʻona shahri) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Fargʻona pedagogika institutini tugatgan (1954). 1954-yildan Fargʻona shahridagi 1-maktabda ona tili va adabiyot oʻqituvchisi, maktab direktori, oʻquv boʻlimi mudiri. Viloyatda birinchilardan boʻlib fanlar boʻyicha kabinet usulida dars oʻtishni tashkil etdi.