Kontent qismiga oʻtish

Manzura Salimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Manzura Salimova
Tavalludi 1962-yil 21-may
Kasbi Senator
Partiyasi Adolat sotsial-demokratik partiyasi

Manzura Salimova Alimovna (1962-yil 21-mayda Fargʻona viloyatida tavallud topgan) – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator[1][2][3], Xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashi aʼzosi[4] hamda „Fargʻona viloyat ona bola skrining markazi“ning asoschisidir[5].

Adolat sotsial-demokratik partiyasi Fargʻona viloyati kengashi deputati[6].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manzura Salimova 1962-yilning 21-may kunida Fargʻona viloyatida dunyoga kelgan, millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy, oliy taʼlim muassasasini „pediatriya ishi“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[7]. 2003-yil 21-aprel kuni „Fargʻona viloyat ona bola skrining markazi“ga asos solgan[5]. Senator boʻlishidan oldin va senator etib saylanganidan soʻng ham Salimova oʻzining asosiy eʼtiborini yosh bolalarning sogʻligiga qaratgan. Shu sababdan ham Skrining markazi laboratoriyasi tuzilgan. Bu markaz haqida Manzura Salimova shunday degan:

„Sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar jarayonida onalik va bolalikni muhofaza qilish, tug‘ma nogironlikning oldini olish, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, davolash va diagnostika ishlarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga e’tibor qaratilgan. Markazda ish boshlagan mintaqalararo sitogenetika laboratoriyasida nogiron bolalar tug‘ilishining oldini olish uchun tug‘ma va irsiy kasalliklarni erta aniqlash borasidagi ishlar olib boriladi.“

— Manzura Salimova, [8]

Manzura Salimova 2021-yili maktablarda yangi oʻquv yili boshlangan paytda maktablardagi oʻquv qoʻllanma hamda darsliklarni yetishmaganini tanqid qilgan[9].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning „8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmonga koʻra bir nechta xotin-qizlar bilan birga Manzura Salimova ham „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan[10][6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Farg‘ona viloyati hokimi senatorlikka saylandi“ (2021-yil 27-fevral). Qaraldi: 2024-yil 30-may.
  2. „Xayrulla Bozorov Senat a'zosi etib saylandi“ (2021-yil 27-fevral). Qaraldi: 3005.2024.
  3. „Senat ishchi guruhi onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasini o‘rganmoqda“ (2024-yil 18-mart). Qaraldi: 2024-yil 30-may.
  4. „SALIMOVA MANZURA ALIMOVNA“.
  5. 5,0 5,1 „Farg'ona viloyat ona bola skrining markazi“.
  6. 6,0 6,1 „Mehnatga munosib ragʻbat“ (2023-yil 7-mart).
  7. https://lex.uz/docs/-6008743?type=doc. 
  8. „Farg‘onаdagi skrining markazida mintaqalararo sitogenetik laboratoriya tashkil etildi“ (2019-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 30-may.
  9. „Senatda maktab o‘quvchilariga darsliklar, mebel va jihozlar o‘z vaqtida yetib bormayotgani tanqid qilindi“ (2021-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-may.
  10. „Shavkat Mirziyoyevning «8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi“ (2023-yil 6-mart). Qaraldi: 2024-yil 31-may.