Mansurjon Murodov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mansurjon Nosirovich Murodov (1955.28.10, Toshkent) — ganchkor, Oʻzbekiston xalqustasi (2001). Toshkent shahar 63kasb-hunar texnika bilim yurtining ganchkorlik boʻlimini tugatgan (1974). 1974 yildan "Us to" birlashmasi (usta Mahmud Usmonov guruhi)da ganchkor usta; 1985 yildan oʻzi tuzgan ganchkorlik guruhiga rahbar; 1997 yildan "Us t azoda" birlashmasida ganchkorlar ijodiy guruhiga rahbarlik qiladi. 1985 yildan boshlab Oʻzbekistonda, jumladan, Temuriylar tarixi davlat muzeyi (1995), Yunusobod tennis korti (1997), Oqsaroy (1999), Shahidlar xotirasi muzeyi (2002), Oʻzbek milliy akademik drama teatri (2002) va boshqa; shuningdek, Malayziya, Germaniya, Qozogʻiston kabi mamlakatlarda jamoat va davlat binolari interyerlarini ganchkorlik bezaklari bilan ziynatladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "MURODOV Mansurjon Nosirovich" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil