Mansur Saʼdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mansur Muhammadjonovich Saʼdullayev (1931.14.1, Kogon shahri) — rejissyor, pedagog. Qoraqalpogʻiston (1981) va Oʻzbekiston xalq artisti (1985). Toshkent konservatoriyasida taʼlim olgan (1953—58), Moskva teatr institutini tugatgan (1967). Oʻzbek davlat estradasi uyushmasida sozanda (195455), Navoiy teatrida xonanda (1951—61), postanovkachirej. (1967—72).Toshkent konservatoriyasida oʻqituvchi (1964 yildan), opera tayyorgarligi kafedrasi mudiri (1972—85), professor (1985—96). Navoiy teatrida B. Zeydman ("Oʻn ikkinchi kecha", 1968), I. Hamroyev ("Oyjamol", 1969), S. Boboyev ("Yoriltosh", 1971), R. Hamroyev ("Tong oldidan", 1972) va boshqa Oʻzbekiston kompozitorlari operalarini sahnalashtirgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil