Mansur Nosirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mansur Mahmudovich Nosirov (1936.12.6, Samarqand viloyati, Oxunboboyev qishlogʻi) — kulol. Oʻzbekiston Respublikasi sanyutarbobi (1998). Samarqand universitetida taʼlim olgan (1957—58). Ish faoliyatini (usta Umarqul Joʻra-qulov rahbarligida) shahar sanoat k-tida boshlagan (1944—50). "Qizil Sharq" artelidagi sandiqsozlik sexida bezatuvchi rassom (1951—53), Samarqand badiiy fondining kulolchilik sexida (1963—93), Umarqul Joʻraqulov nomidagi "Us to" birlashmasida (1993 yildan) kulol-usta. "Bibixonim", "Goʻri Amir", "Shohizinda" kabi suvenirlar, "Ajdarho", "Koʻra va shamdon" kabi bezakli buyumlar, "Afrosiyob" naqshli shokosa va chash-kalar, milliy uslubda bezalgan oʻyinchoqlar, koʻzalar, of-toba, bezakdor relyef, gul tuvaklar, laganlar va boshqa yaratgan. "Samarqand" restorani inter-yerini bezashda qatnashgan. Asarlari bilan respublika va xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etgan.