Mansar Fransua
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
MANSAR (Mansart) Fransua (1598.23.1 - Parij - 1666.23.9) - fransuz meʼmori. 17-asr klassitsizmining dastlabki namoyandalaridan. M. Blua (1635—38), Mezon (1642—50) saroylarini, Parijdagi Mazarini galereyasi (1644, hozirgi Milliy kutubxonaning bir qismi), Val de Graye ibodatxonasi (1645—46, J. Le-Mersye ni-hoyasiga yetkazgan), "Karnaval" mehmonxonasi kabi binolar loyihasini yaratgan. M. ijodi Uygʻonish davri milliy meʼmorlik anʼanalari taʼsirida shakllandi. U yaratgan binolar mujassamotining koʻrkamligi bilan koʻzga tashlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |