Mann

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mann

1) qad. ogʻirlik oʻlchov birligi; qiymati Xorazmda 15-asrgacha 1M. 3 qadok, yaʼni 1,255 kg, 17-asrda 10 va 12 qadoqqa teng boʻlgan. 19-asr oʻrtalaridan asosan, 1M.=48 qadoq =480,409512 kg =19,657 kg bulgan. Buxoroda 1671-yil 1M =5120 misqol =25,6 kg boʻlgan (1 misqol = 5g). Buxoro "katta ogʻirligi"da 1M = 25600 misqol = 128 kg. 1723-yil maʼlumotlariga koʻra, Qarshida 1M = 10 qadoq = 4,095 kg, Samarqandda 1M = 20 kg ga teng boʻlgan. Toshkentda M. oʻrnida koʻproq botmon ishlatilgan: 1 Toshkent botmoni, asosan, 10,5 pud = 171,995 kg boʻlgan. Hindistonda 14-asrda 1M = 12,832 kg, Boburiylar davrida M.ning bir necha turlari boʻlgan. Shulardan Akbarshoh M.i, yaʼni Akbariy Mann 25,156 kg ga teng boʻlgan;

2) qad. yuza ulchov birligi, mamlakatimiz xududida ekin maydonlarini ulchashda qoʻllanilgan; qiymatlari ham har xil. Amalda "katta ogʻirlik M." guruhi yer maydonini oʻlchashda koʻproq qoʻllanilgan. Toʻppi M.idagi (boshqacha nomi — mani taki) donning ogʻirligi 4,32 kg boʻlgan (14-a; Buxoro). Demak, toʻppi M.i 4,32 kg don ekilgan maydonni ifodalagan. Katta ogʻirlik Mann Samarqandda (15—16-asrlar.) 20 kg ga, Buxoroda (19-asr) 1M = 2 tanob boʻlgan. Xorazmda esa 1 tanob yerga 5 botmon bugʻdoy (1 botmon = 20 kg) ekilgan.

Ogʻirlik oʻlchovi M.ining qiymatlari har xil boʻlgani uchun ularga mos keladigan maydonlar ham har xil boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil