Kontent qismiga oʻtish

Mangu qorlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mangu qorlar — yer yuzasida yil boʻyi erimay yotadigan qor va muzlar. Mangu qorlar qatlamining faqat ustki qismi qordan iborat, chuqurroqdagi qatlamlari esa yuqoridagilarining ogʻirlik bosimi natijasida firn va muzga aylanadi. Qutbiy oʻlkalarda Mangu qorlar hamma joyda uchraydi, issiq va moʻʼtadil iqlimli mamlakatlarda esa qor toʻla erib ulgurmaydigan togʻlarda boʻladi. Natijada, qor doimo koʻpayib, muzga aylana boradi, ogʻirlik bosimi taʼsirida togʻlarning quyi qismiga tomon siljiydi, u yerda erib, daryolarga suv beradi. Oʻrta Osiyo togʻlarida Mangu qorlar 3000 m dan baland joylarda uchraydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil