Mangeym maktabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mangeym maktabi - 18-asr Man-geym shahri (Germaniya)da qaror topgan, sentimentalizmga yaqin boʻlgan ijodiy yoʻnalish. Simfoniya hamda kamer-cholgʻu musiqasi (trio, kvartet va boshqalar) janrlarining shakllanishida muhim rol oʻynagan. Mangeym maktabi ijodkorlari badiiy hissiyotlarini ifodalashda musiqiy dinamika vositalaridan, oʻziga xos topilmalaridan keng va mohirona foydalanib, Yevropa kompozitorlik musiqasida yangi uslub yaratishgan, Vena klassik maktabi shakllanishini tezlatishgan. Mangeym maktabi asoschisi — chexiyalik kompozitor va skripkachi Ya. Stamits. Mangeym simfoniya ijodkorlaridan F. Rixter, A. Fili, K. Kannabix, K. Stamits va boshqa mashhur.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil