Mangazeya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mangazeya — Gʻarbiy Sibirning shim.-gʻarbida, Taz daryosi boʻyida joylashgan qad. rus shahri (17-asr). Nomi — mangazeya yohud molkanzeya degan nenets qabilasi joylashgan yer nomidan olingan. 17-asr boshida M. ruslarni Shim. Sibir, Yenisey va Lena daryolari havzalarini egallashlarida tayanch punkti boʻlib xizmat qilgan. 17-asrning 20-yillari boshida unda 2 ming aholi yashagan. Gʻarbiy Yevropa savdo kompaniyalarining moʻynaga boy r-nlarga kirish yoʻlini toʻsish maqsadida 1619 yil M. orqali suzish taqikdangan. M. aholisi ne-netslar va boshqa bilan ayirboshlash savdosini yuritgan, suvsar, baliqchilik, chorvachilik, kemasozlik, hunarmandchilik bilan shugʻullangan. Rus savdogarlari ham moʻyna olib ketishgan. 17-asr oʻrtalarida Yenisey havzasining shim. qismida moʻynali hayvonlar qirilgan. Natijada M.ning .iqtisodiy ahamiyati pasaya borgan. Markazi Yeniseydagi Turuxan manziliga koʻchirilgan. 1672 yil bu yerda Yangi M. (hozirgi Krasnoyarsk tarkibidagi r-n markazi) shahri qad. koʻtargan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil