Mangal hovlisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mangal hovlisi
Asos solingan sanasi 2000-yil
Asos soluvchi Rus madaniyat markazi
Joylashuvi Toshkent
Yillik tashrif buyuruvchilar 3000

Mangal hovlisi – Anna Axmatovaning Toshkentdagi klub-muzeyi[1].

Klub-muzey 2000-yilda Rossiya madaniyat markazida tashkil etilgan. Muzey nomi 1942-yil aprel oyida shoiraning Toshkentda yashab yurganida yozgan sheʼridan kelib chiqqan:

Мангалочий дворик,

Как дым твой горек

И как твой тополь высок…

— Anna Axmatova, „Заснуть огорченной“

Muzey 2015-yil 18-dekabrda oʻzining 15 yilligini nishonlagan[2].

Ekspozitsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Mangal hovlisi“ klub-muzey ekspozitsiyasi asosan Zayko Natalyaning muzeyga topshirilgan shaxsiy arxividan iborat[3]. Muzey koʻrgazmasida Anna Axmatovaning toshkentlik doʻsti Sofya Arkadevna Juravskayaga yozgan yozuvlari oʻrin olgan.

1966-yilgi Toshkent zilzilasi natijasida bir paytlar Axmatova yashagan uyda uning buyumlari saqlanib qolmagan. Toʻgʻri, boshqasi bor edi, u yerda Anna Andreyevna juda qisqa vaqt, taxminan bir oy istiqomat qilgan. Uyni odamlarning oʻzlari asrashmagan va oxirgi yillarda ombor sifatida foydalanilib, buzib tashlangan. Axmatovaning muxlislari Toshkent hokimiyatiga ushbu uyni buzmaslik, balki Axmatova muzeyi uchun berish iltimosi bilan murojaat qilishgan va bu iltimos Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan. Biroq bir necha yillar avval uni buldozer ezib tashlagan va uning taxta qoldiqlari shahar poligoniga olib ketilgan[4].

Fotokopiyalarning asl nusxalari Leningraddagi Favvoralar uyiga oʻtkazilgan. Ammo Toshkent jamoat muzeyida asl eksponatlar ham bor. Masalan: Korney Chukovskiy, Faina Ranevskaya, Nadejda Mandelshtam, Juravskayaning rafiqasi V. Ivanovnaga yozgan maktubi (ammo negadir yuborilmagan). Unda Yeseninning qizi Tatyananing ogʻir taqdiri haqida hikoya yoritilgan, u ham urush paytida Toshkentga kelgan. Balki „Mangal hovlisi“da haqiqiy muzey deyish uchun yetarlicha eksponatlar yoʻqdir, lekin uning tashkilotchilari Anna Andreyevnaning oʻsha yillardagidek eski Toshkent goʻshasini qayta tiklashga harakat qilgan. Toshkentdagi Axmatova muzeyida uning asl buyumlari yoʻq. Ammo oʻsha kunlarda u yashagan muhitning soddaligini tasavvur qilishishga imkon beradigan narsalar toʻplangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Клуб-музей А. Ахматовой "Мангалочий дворик": Информация об интереснейших музеях Ташкента“. OrexCA. 2015-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-fevral.
  2. „Клуб-музей «Мангалочий дворик Анны Ахматовой»“ (deadlink). 12news. 2015-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-fevral.
  3. „Клуб-музей «Мангалочий дворик Анны Ахматовой». История от зарождения и доныне. Часть вторая“. Письма о Ташкенте. 2017-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-fevral.
  4. „18 декабря клуб-музей Анны Ахматовой в Ташкенте отпразднует 50-летие“. Мой Город - Ташкент. 2015-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-fevral.