Mandalay
![]() | Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mandalay, Mandale — Myanmaning markaziy qismidagi shahar.

Mandalay viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi shahar atrofi bilan 5,8 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllarining muhim tuguni. Iravadi daryosi boʻyidagi yirik port. Ip gazlama, yogʻmoy, taxta tilish sanoati, tay-yor qismlardan avtomobil yigʻish korxonalari, kema taʼmirlash va temir yoʻl ustaxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Qoʻlda shoyi toʻqiladi, yogʻoch va toshdan oʻymakorlik, kulolchilik buyumlari tayyorlanadi. Un-t, institutlar, kutubxonalar bor. Myanma kino sanoati markazi. Mamlakatning madaniy va liniy markazi. Budda dinidagilar ziyoratgoh joyi. Shaharga 1857-yilda asos solingan (rasmiy nomi pali tilida — Yadanabon — "qimmatbaho toshlar uyumi" degan maʼnoni anglatadi). 1857—85 yillar myanmaliklarning mustaqil Konbaun davlatining poytaxti boʻlgan[1].
Fotogalereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mandalay - မန္တလေးမြို့
-
Mandalay Hill
-
Kyauk Taw Ghi
-
Kyauk Taw Ghi
-
Mahamuni
-
Mahamuni
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |