Manas maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Manas maqbarasi - Qirgʻizistondagi meʼmoriy yodgorlik (1334). Talas shim.-sharqida joylashgan. Amir Abukning qizi Kanizakxotunga atab qurilgan. Xalq orasida qirgʻiz xalq eposi qahramoni Manas nomi bilan yuritiladi. Maqbara pishiq gʻishtdan qurilgan. Murabba tarxli, bir xonali, gumbazi 16 qirrali (qobirgʻali). Bosh tarzi chuqur ravoqli, ustungoʻshalar ishlangan. Peshtogʻi islimiy naqsh va nasx yozuvi bilan uygʻunlashtirib nafis bezatilgan, ikki yoniga guldastalar oʻrnatilgan. Oʻyma koshinlar bilan qoplangan bosh tarzi yaxshi saqlangan. Maqbaraning ichki va tashqi peshtoqlaridagi mujassamot birligi va uygʻunlik unga salobat bagʻishlagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil