Kontent qismiga oʻtish

Manas Vaskanyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Manas Vaskanyan Akotsovich — 1890-yili tug‘ilgan, Armaniston SSR Gerusin rayoni Gerusin qishlog‘idan, millati arman, quloq oilasidan. 1921-yili Dashnoq hukumatida soqchilar otryadida xizmat qilgan, 1921-yili Eronga qochib ketgan. 1934-yili aksilinqilobiy faoliyati uchun 3 yil qamoqqa hukm etilgan, hibsga olingan vaqtda vino do‘konchasida mudir bo‘lgan. Doimiy ravishda Sovet Ittifoqidagi ocharchilik to‘g‘risida mish-mishlar tarqatganlikda, bo‘lajak urush va unda Sovet Ittifoqi fashistlar tomonidan tor-mor qilinishi haqida tashviqot qilganlikda, partiya va hukumat tadbirlariga qarshi bo‘hton fikrlar bildirganlikda ayblangan.[1]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 164 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.