Kontent qismiga oʻtish

Mamta Kulkarni

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mamta Kulkarni
Tavalludi 20-aprel 1972-yil (1972-04-20) (53 yosh)
Fuqaroligi Hindiston bayrogʻi Hindiston
Kasbi Aktrisa, Madel
Faoliyat yillari 1991-2003

Mamta Kulkarni — sobiq hind aktrisasi va modelidir. Mamta Aashiq Awara (1993), Waqt Hamara Hai (1993), Krantiveer (1994-yil), Karan Arjun (1995), Sabse Bada Khiladi (1995), Andolan (1995), Baazi (1996), China Gate (1998) va Chhupa Rustam: A Musical Thriller (Sirli Rustam: Musiqiy triller 2001) kabi muvaffaqiyatli hind filmlarida suratga tushgan. Uning Aashiq Avara (1993) filmidagi ijrosi unga 1994-yilda „Yilning yangi yuzi“ sifatida Filmfare mukofotini qoʻlga kiritishida sababchi bo'lgan. Rejissyor Rakesh Roshan tomonidan suratga olingan Karan Arjun (1995) blokbasterida Kulkarni Salmon Xon bilan birga rol ijro etgan. Mamta Kabhie Tum Kabhie Hum filmidagi rolidan keyin kino sanoatidagi faoliyatini tark etdi.

Kulkarni kinodagi ilk rolini 1992-yilda Tirangaa filmida ijro etgan. 1993-yilda u Aashiq Avara filmida, shu filmi uchun „Yilning yangi yuzi“ uchun Filmfare mukofotini qoʻlga kiritdi. MamtaWaqt Hamara Hai (1993), Krantiveer (1994), Karan Arjun (1995), Sabse Bada Khiladi (1995) va Baazi (1995) filmlar kabi koʻplab mashhur filmlarda suratga tushgan. Mamta faoliyati davomidagi filmlarining barchasida asosan bosh rollarni ijro etgan. Rajkumar Santoshi 1998-yilda „Yetti samuray“ filmining remeyki Xitoy darvozasi filmida bosh rolni ijro etgan. Biroq film mashhurlikka erisha olmagan. Shundan so’ng Santoshi va Mamta oʻrtasidagi munosabatlar buzilgan. Kulkarni filmdan olib tashlangan va uning nomidan gangster Chhota Rajan aralashganidan keyingina mish-mishlar tarqala boshlagan[1]. Film nihoyat ekranlarga chiqarilganida, film oʻrtacha daromad qilgan.

Boʻlgan voqealar gʻazablangan Kulkarni Santoshini uni ekran vaqtini qisqartirganlikda ayblagan[2]. Santoshi esa film bilan bogʻliq barcha mish-mishlarni rad etdi va masala tinchgina hal qilindi. Biroq, bu Kulkarni ijodidagi halokatli zarba boʻldi. Shundan keyin u bir nechta filmlardagina rol ijro etgan. Mamta 2002-yilda „Kabhie Tum Kabhie Xum“ filmidan soʻng faoliyatini tugatgan. Mamta shuningdek, Kannada, Tamil, Telugu, Bengal va Malayalam tillarida bir nechta filmlar suratga tushgan.

Shaxsiy hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kulkarni oʻrta sinf marathi Brahminlar oilasiga mansub, u Viki Gosvami bilan turmush qurmaganligini bildirgan[3]. Biroq, qarama-qarshi maʼlumotlarga koʻra esa u 2013-yilda Viki Gosvamiga[4] ga turmushga chiqgan deb aytilgan.

2016-yil iyun oyida Thane politsiyasi Kulkarni noqonuniy ravishda metamfetamin ishlab chiqarish uchun Efedrin yetkazib berishda ishtirok etganganlikda ayblanuvchilardan biri sifatida bo'lgan, ular bu savdosi uchun moʻljallangan taxminan 2000 $ ajratilganligi aytib oʻtilgan[5]. Aytilishicha, Kulkarni va uning sherigi Viki Gosvami va boshqa ayblanganlar bilan 2016-yilning yanvar oyida Keniyada boʻlib oʻtgan noqonuniy narkotiklar bilan shugʻullanadigan guruhlar orasidagi oʻzaro yigʻilishida qatnashganligi asos qilib koʻrsatilgan[6].

2017-yil 25-iyunda xalqaro efedrin yetkazib berish boʻyicha tergov olib borgan Thane politsiyasining jinoyat boʻlimi Kulkarni va uning sherigi va narkobaron deb taxmin qilingan Viki Gosvamiga „huquqbuzar va aybdor“ deb xabar berdi. Jinoiy ishlar bilan shugʻullanuvchi boʻlimi xodimlaridan iborat guruh Mumbaydagi Versovadagi Sky anklavidagi Kulkarning uyiga borib, aktrisaning qayerda ekanligi nomaʼlum boʻlgani sabab eshikka eʼlon yopishtirib qoʻyishdi. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (NDPS) jinoyati toʻgʻrisidagi qonunning maxsus sudi Kulkarni va Gosvamini aybdor deb eʼlon qildi va ularning mol-mulkini tortib olishga qaror chiqarilgan[7].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yili Nomi Tili Roli Eslatmalar
1991 Nanbargal Tamil Priya Debyut Filmi
1992 Mera Dil Tere Liye Hindi Priya R. Singh
Tirangaa Hindi Sandhya
Premasikharam Telugu
Donga Police Telugu Gowri
1993 Bhookamp Hindi Kavita Anand
Waqt Hamara Hai Hindi Mamta Vidrohi
Ashaant Hindi Sonali
Vishnu Vijaya Kannada Sonali
Aashiq Awara Hindi Jyoti Yilning lyuks yangi yuzi uchun Filmfare mukofoti
1994 Anokha Premyudh Hindi Priti
Betaaj Badshah Hindi Tejeshwani / Gudiya
Gangster Hindi
Dilbar Hindi Priya Verma
Krantiveer Hindi Mamta
Vaade Iraade Hindi Nikita Sekhri
1995 Karan Arjun Hindi Bindiya
Andolan Hindi Guddi
Baazi Hindi Journalist Sanjana Roy
Policewala Gunda Hindi Sudhaʼs sister
Sabse Bada Khiladi Hindi Sunita Das
Kismat Hindi Madhu
Ahankaar Hindi Naina
Bhagya Debata Bengali Maxsus rol
1996 Raja Aur Rangeeli
Beqabu Hindi Reshmi Kapoor
Ghatak: Lethal Hindi Dancer („Maara Re“ qoʻshigʻi), „Koi Jaaye To“
1997 Jeevan Yudh Kajal Choudhry
Krantikari Dancer
Naseeb Hindi Pooja
1998 Jaane Jigar Meena and Meenu (Ikki Rol)
Qila Neeta
China Gate Hindi Sandhya
1999 Chandamama Malayalam "Rojaappoo Kavilathu" ashulasida koʻrinish bergan
2001 Bangshadhar
Censor Hindi Nisha
Chhupa Rustam: A Musical Thriller Hindi Sandhya Mother Daughter Tara Sutaria
2002 Divine Temple Khajuraho
Kabhie Tum Kabhie Hum Hindi Sumona Ushbu filmning etakchisi
2003 Shesh Bongsodhar Bengali Antara Bangladesh Filmi
  1. „The predator as prey“. Rediff India (27-dekabr 1997-yil).
  2. „J'accuse!“ (4-mart 2005-yil).
  3. Mathew. „I Am Pure, No Desire For Sex, Films or Drugs, Says Mamta Kulkarni“ (en). TheQuint (2016-yil 22-iyul). 3-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-avgust.
  4. „Five things to know about Mamta Kulkarni's husband Vicky Goswami“. hindustantimes.com (29-aprel 2016-yil). 26-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-may 2017-yil.
  5. „Mamta Kulkarni named accused in Thane drug racket case“. The Hindu (18-iyun 2016-yil).
  6. Thaver. „Ephedrine drug bust: Thane police name Mamta Kulkarni as accused“. The Indian Express (19-iyun 2016-yil). 19-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
  7. „Mumbai cops issue 'proclaimed offender' notice to Mamta Kulkarni“. hindustantimes.com/ (2017-yil 24-iyun).