Mamadalihoji Ahmadxo‘jayev
Qiyofa
Ahmadxo‘jayev Mamadalihoji — 1906-yili tug‘ilgan, Baliqchi rayoni Guliston qishlog‘idan, o‘zbek, diniy xizmatchi, eshon, antisovet targ‘iboti uchun qamoqqa olingan. 1937-yil fevral oyida O‘zSSR Oliy sudi otuvga hukm qilgan, keyin uni 10 yil qamoq jazosi bilan almashtirgan, yana javobgarlikka tortilgan. Uchqo‘rg‘on aksilinqilobiy guruhning faol ishtirokchisi, Yashik qishlog‘idagi nolegal yig‘ilishlarda sovet hokimiyatiga qarshi va musulmon davlati o‘rnatish uchun qurolli kurashga chaqirganlikda ayblangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 89 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.