Malxun Xatun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Malxun
Mal hatun, eskişehir.jpg
Malxun Xotunning haykali Eskishehir, Turkiya
Tugʻilishi 13-asr
Anadolu
Vafoti 1326-yil
Sog'ut, Anadolu
Otasi Ömer Bey
Dini Islom


Malxun Xotun (Mal Xotun deb ham atalgan, 1326-yilda vafot etgan)[1][2] Usmonli turklarining yetakchisi, Usmonlilar imperiyasini barpo etgan va uni boshqargan sulola asoschisi Usmon I ning rafiqasi. U Sulton Oʻrxonning onasi edi[3].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baʼzi tarixchilarga koʻra, u Anadolu turk beyi Oʻmer Beyning qizi edi[4]. U Shayx Edebalining qizi ekanligi haqida koʻplab taxminlar bor edi, chunki Usmonlilar davridagi koʻpchilik tarixchilar uni haqiqatan ham uning qizi deb yozishgan. Boshqa manbalarda esa Anadoludagi saljuqiy vazir O‘mer Abdulaziz Beyning qizi ekanligi aytiladi.

Sulton O‘rxon tomonidan qurilgan Darvesh masjidi uchun 1324-yilgi vaqf hujjati uning onasi mashhur tarixiy anʼanalarga ko‘ra Edebalining qizi emas, balki „Umar Bey yoki O‘mer Bey“ning qizi Mal Xatun ekanligini ko‘rsatadi. Anado‘lining shohlik sulolalari tomonidan qo‘llanilgan „Bey“ unvoni Mal Xotunning otasi qandaydir mavqe va obro‘ga ega bo‘lgan shaxs ekanligini ko‘rsatadi. Taxminlardan biri shunday, yangi shakllanayotgan Usmonli davlatining shimoli-sharqida joylashgan va XIII-asr oxiri yoki XIV-asr boshlarida yoʻq boʻlgan „Amouriylar“ (Umeriy) knyazligining shu nomdagi hukmdori boʻlgan.

Amourilarni Vizantiya tarixchisi Jorj Paximer tasvirlab bergan, uning aytishicha, Umarning oʻgʻli Usmon bilan mahalliy Vizantiya lordlariga qarshi birinchi yurishlardan birida jang qilgan (Baphaionning gʻalabasi).

Uni Turkiyada juda ulugʻ ayol sifatida bilishadi, sababi esa buyuk Usmonli turklarining onasi, sulola asoschisi Usmonning sevikli rafiqasi va jasur ayol deb bilishadi.

Ommaviy madaniyatda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yulduz Chagʻri Atiksoy "Kuruluş : Usmon " turk serialida Malxun Xotun rolida oʻynagan[5].

Qoʻshimcha oʻqish uchun[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Malhun Hatun kimdir, kaç yaşında ve ne zaman öldü, çocukları var mı? İşte Malhun Hatun hayatı ve tarihteki yeri!“.
  2. „Malhun Hatun kimdir, nasıl öldü? Malhun Hatun'un çocuğu var mı? İşte Osman Gazi'nin eşi Malhun Hatun'un tarihi hayatı“.
  3. „Consorts Of Ottoman Sultans (in Turkish)“. Ottoman Web Page.
  4. Sakaoğlu, Necdet. Bu mülkün kadın sultanları: Vâlide sultanlar, hâtunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler. Oğlak Publications, 2008 — 29 bet. ISBN 978-9-753-29623-6. 
  5. Kuruluş Osman kadrosuna bomba transfer - atv“ (tr). @atvcomtr. Qaraldi: 13-fevral 2021-yil.