Malikai Husnobod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"MALIKAI HUSNOBOD" - oʻzbek xalq, ertaklaridan. "Malikai Xubon", "Malikai Jahon", "Donoxon", "Yetim qiz" kabi ertaklar "M.H."ning vari-antlaridir. Bu asarlarning bosh qahramoni ayol boʻlib, unda goʻzallik, mardlik, vafodorlik hislatlari mujassamlashgan. "M.H." syujeti ijtimoiy konflikt asosiga qurilgan. Xalqning ozod oʻlka va baxtiyor hayot haqidagi orzu-umidlari ertak gʻoyasini tashkil etadi. H. Olimjonning "Oygul va Baxtiyor" dostoni shu ertak asosida yozilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil