Malika torti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Malika" torti (shved. torti) — anʼanaviy shved pishirigʻi yoki yumshoq biskvit, qandolat kremi va koʻpirtirilgan qaymoqning qalin qatlamidan iborat boʻlgan bir necha qavatli tort. Tort marsipan qatlami bilan qoplanadi, bu mahsulotga silliq va yumaloq koʻrinish beradi. Marsipan qoplamasi odatda yashil rangda boʻlib, ustidan shakar kukuni sepiladi va koʻp hollarda pushti rangli marsipan atirgul bilan bezatiladi[1].

Krem bilan toʻldirilgan yashil rangli „Malika“ torti

Tort retsepti ilk marta 1948-yilda „Prinsessornas kokbok“ pazandachilik kitobida paydo boʻlgan, u Vastergotland gertsogi, shahzoda Karlning uchta qiziga oʻqituvchilik qilgan Jenni Okerstrom (1867-1957) tomonidan nashr etilgan[2]. Asl retseptda mevalar mavjud boʻlmasa-da, zamonaviy versiyalarda tortni murabbo yoki yangi mevalar, odatda malina qatlamlari bilan boyitish mumkin. Boshqa rangdagi marsipan bilan tayyorlanuvchi variantlar — sariq rangli tort prinstårta („Shahzoda“ torti) va qizil yoki pushti marsipan bilan tayyorlangan tort operatårta („Opera“ torti) deb ataladi.

Tort dastlabda grön tårta (yashil tort) deb atalgan, keyinchalik prinsesstårta yoki „Malika“ torti nomi ishlatila boshlagan, bunga tortni malikalar juda yaxshi ko‘rganlari sabab sifatida keltiriladi. Tortni sevgan malikalar: malika Margarita (1899-1977, keyinchalik Daniya malikasi), malika Marta (1901-1954, keyinchalik Norvegiya valiahd malikasi) va malika Astrid (1905-1935, keyinchalik Belgiya qirolichasi)[3][4][5] edi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Prinsesstårta: Swedish Princess Cake“. thespruceeats.com. Qaraldi: 2020-yil 1-mart.
  2. „Princess cake demystified (prinsesstårta)“ (2011-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 31-may.
  3. „Traditionsenlig tårtfrossa - Prinsessyra bäddar för prinsesstårtans vecka“ (sv). Cisionwire (2009-yil 17-sentyabr). 2010-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 19-dekabr.
  4. „Royal Dilemma: Why is the Princess Cake Green?“ (2008-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 20-avgust.
  5. Vera. „Swedish Princess Cake“ (2009-yil 24-fevral). Qaraldi: 2014-yil 26-yanvar.