Biskvit
Qiyofa
Biskvit (fransuzcha biscuit)—1) qandolatchilik mahsuloti; un, yogʻ, shakar, tuxum, sut va boshqa masalliqlardan quvlash yoʻli bilan tayyorlanadigan pishiriq turi. Maxsus shakllardagi qolip idishlarda pishiriladi. Tayyorlash usuli va qoʻshiladigan masalligʻiga koʻra choʻzma biskvit, shakarli biskvit, koʻpchitilgan biskvit hamda smetanali biskvit kabi turlari bor. Biskvitdan pirojniy, rulet va tortlar tayyorlanadi; 2) sirlanmagan chinni; haykaltaroshlikda ishlatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |