Malik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Malik (arab.— ega, hukmron) — islomgacha boʻlgan arab davlatlari (Facsoniylar, Lahmiylar)da hukmdor, Markaziy Arabistondagi qabilalar konfederatsiyasi va Jan.-Sharqiy Arabistonning baʼzi qabilalari boshliqlari, shuningdek, Xadramavt hududidagi kinda qabilasi zodagonlari vakili. Islom vujudga kelishi bilan "M." atamasi musulmon boʻlmagan hukmdorlarga (monarx maʼnosida) nisbatan qoʻllanildi. Arab xalifaligi parchalanib ketgach, xalifalik hududida vujudga kelgan mustaqil davlatlarning hukmdorlari M. deb atala boshlandi.

Qurʼoni karimda "M." istilohi podshoh, shuningdek, Alloxning si-fatlaridan biri maʼnosida qoʻllaniladi.

Sosoniylar davriga oid "Tansara maktublari" asari (260 yil)da aytilishicha, M. unvoni shohanshoh tomonidan faqat shox, xonadoni aʼzolari va chegara hududlaridagi "alanlar, gʻarbiy viloyatlar, Xorazm va Kobul hokimlari"ga berilgan. Xorazmshohlar davlatida M. harbiy unvoni 10 ming kishilik otliq qoʻshinga qoʻmondonlik qilgan kishilarga berilgan (mas, Aʼzam M., Temur M. va boshqalar). Bu unvonga kamdan kam hollarda aholining quyi qatlamiga mansub kishilar sazovor boʻlishgan. Janglarda alohida jasorat koʻrsatgan M.larga xon unvoni berilgan.

Moʻgʻullar bosib olgan baʼzi mamlakatlarda (13—14-asrlar) mahalliy hukmdorlar M. deb atalgan. Moʻgʻullar hukmronligi davrida Armaniston va Ozarbayjon, Safaviylar davlatidagi yarim mustaqil davlatlarda M. — yirik mulkdor, mahalliy qad. musulmon va xristian zodagonlarining ajdodi.

Afgʻon qabilalarida M. — qabila yoki urugʻ boshligʻi; qishloq yoki mahalla oqsoqoli. Hozir M. — baʼzi arab davlatlari (Iordaniya, Marokash)ning qiroli (podshohi). Musulmonlar ismlarida M. soʻzi ism (yoki familiya)ning tarkibiy boʻlagi sifatida uchraydi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Lukonin V., Drevniy i rannesrednevekoviy Iran, M., 1987; Buniyodov 3., Anushtagin Xorazmshoxlar davlati, T., 1998; Shixab addin Muhammad anNasavi, Jizneopisaniye sultana Djalal ad-Dina Mankburni, Baku, 1973.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil