Malaysia Airlines 17 reysi halokati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
9M-MRD

Malayziyaning Boeing 777 samolyoti halokati - 2014-yilning 17-iyul kuni Ukraina hududidagi Donetsk viloyatining Toreza shahri oldidagi Grabovo qishlogʻi yaqinida roʻy berdi. «Malaysia Airlines» aviakompaniyasining Boeing 777 samolyoti Amsterdamdan Kuala-Lumpurga uchayotgan edi. Bortda 283 ta yoʻlovchilar va 15 ta ekipaj aʼzolari bor edi, bortdagi barcha yólovchilar halok bólgan. Samolyot Ukraina sharqidagi qurolli toʻqnashuv hududida qulagan.

Ushbu halokat «Malaysia Airlines» aviakompaniyasining ushbu yildagi ikkinchi Boeingi halokatidir, bundan oldinroq, yaʼni mart oyida yana bir Boeing tinch okeaniga qulagan edi.