Malaxit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Malaxit [roH.malache — malva (gul-xayri bargining rangidan)] — karbonatlar sinfiga mansub mineral, Cu[CO3] (ON)2 tarkibli. Qattikligi 3,5—4. Zichligi 4,0 g/sm5. Qoʻshimchalaridan koʻproq Zn maʼlum, shuningdek, SaO, SiO2, GʻeO3 va boshqa Monoklin sin-goniyada kristallanadi. Kristallari (ignasimon yoki prizmatik qiyofada) kam uchraydi. Yaltirokdigi ipaksimon, olmossimon yoki shishasimon. Mis konlarining oksidlanish zonasida hrsil boʻladi. Oʻzbekistonda Olmaliqsa, RF (Ural), Qozogʻiston (Shaqpaqti)

, AQSH va boshqa joylarda uchraydi. M.ning tuproksimon massalari ("malaxit yashili") boʻyoq uchun xom ashyo. Odatda, kurtak koʻrinishidagi oqiq poʻstloq, stalaktitsimon agregatlar, radial tolali strukturaga ega boʻlgan takrorlanuvchi yoʻl-yoʻl. Rangi oqyashil, baʼzan qoʻngʻiryashil. M.ning kurtaksimon massalari rangining oʻzgarib borishi kesmada va jilolangan yuzada nihoyatda chiroyli boʻlganligi uchun qoplama bezak tosh sifatida va buyumlar tayyorlashda juda qadimdan qoʻllaniladi. Ermitajda (Sankt-Peterburg) M.dan ishlangan 200 dan ziyod buyum saqlanadi. Dala sharoitida mis rudalarini qidirishda koʻpincha indikator.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil