Malaka oshirish institutlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Malaka oshirish institutlari, Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutlari — xalq xoʻjaligining turli sohalarida ishlovchi mutaxassislar va rahbar xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimidagi tashkiliymetodik va oʻquv markazi. Oʻzbekistonda mutaxassislar malakasini oshirish intlari (oʻqituvchilar malakasini oshirish institutlari, vrachlar malakasini oshirish institutlari va boshqalar) 1930—40 yillarda tashkil qilingan.

Malaka oshirish institutlarii. tinglovchilarga fan va texnikaning yangi yutuqlarini, rejalashtirish va iqtisodiy ragʻbatlantirishning samarali metodlarini, shuningdek, hisoblash texnikasi, ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalaridan foydalanib ishlab chiqarish, mehnat va boshqarishni ilmiy tashkil etish kabi masalalarni oʻrgatadi; oʻquv dasturlari, rejalarini ishlab chiqadi, malaka oshirish tizimi uchun oʻquv va metodik adabiyotlarni tayyorlaydi va nashr etadi. Malaka oshirish institutlarii.larida oʻqishning asosiy shakli kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslari hisoblanadi. Bunday kurslar ulardan koʻzda tutilgan maqsadni toʻliq amalga oshirish uchun tinglovchilar oʻzlashtirishlari zarur deb hisoblangan oʻquv rejasi va dasturining xajmidan kelib chiqqan holda turlicha belgilanadi. Shu bilan birga dolzarb mavzular boʻyicha qisqa muddatli kurslar, seminarlar oʻtkaziladi. Malaka oshirish institutlarii.da oʻquv mashgʻulotlari maʼruza, seminar, lab. ishlari, amaliyot, ilgʻor ish tajribalarini oʻrganish, konsultatsiya va shahrik.dan iborat. Shuninedek, ilgʻor pedagogik texnologiyalardan keng foydalaniladi. Malaka oshirish institutlarii.da kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash masalalari boʻyicha zarur meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqiladi, ilmiy-metodik tadqiqotlar olib boriladi. Malaka oshirish institutlarii. oʻz faoliyatlarini 1997 yil 29 avg .da qabul qilingan OʻzR ning "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida olib boradilar.

2002 yil Oʻzbekistonda 23 Malaka oshirish institutlarii. ishladi. Yiriklari: Oʻzbekiston milliy unti huzuridagi Oliy ped. instituti, Tosh-kent vrachlar malakasini oshirish markaziy instituti, A. Avloniy nomidagi xalq taʼlimi xodimlari malakasini oshirish Markaziy instituti, Toshkent iqtisodiyot unti huzuridagi Iqtisodiyot, biznes, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash instituti, OʻzR Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Mutaxassislar malakasini oshirish markazi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil