James Clerk Maxwell

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Maksvell Jeyms Klerkdan yoʻnaltirildi)
James Clerk Maxwell
Tavalludi 13-iyun 1831[1][2][3]
Vafoti 5-noyabr 1879[1][2][3]
Fuqaroligi United Kingdom of Great Britain and Ireland[4]
Otasi John Clerk-Maxwell of Middlebie
Onasi Frances Cay

Maksvell Jeyms Klerk (1831.13.6, Edinburg - 1879.5.11, Kembrij) - ingliz fizigi, klassik elektrodinamika, statistik fizika asoschilaridan biri, gazlar kinetik nazariyasipp yaratganlardan biri, radiotexnikaning vujudga kelishi uchun poydevor qoʻygan shaxs. London Qirollik jamiyatining aʼzosi (1860). Edinburg (1847-50) va Kembrij (1850—54) universitetlarida oʻqigan. Aberdin (Shotlandiya, 1856-60), London (1860—65), Kembrij (1871-yildan) untlari professor 1871-yildan Kembrij universiteti qoshida oʻzi tashkil etgan Kavendish lab. direktori. Ilmiy ishlari molekulyar fizika, optika, mexanika, elastiklik nazariyasi va boshqalarga oid. Gazlar kinetik nazariyasini rivojlantirgan holda statistik muvozanat holatidagi gaz molekulalarining tezliklar boʻyicha taqsimlanish qonunini topgan (1859). Faradey gʻoyasini rivojlantirgan holda makroskopik elektrodinamikaning maʼlum omillarini umumlashtirib elektromagnit maydon nazariyasini yaratgan (1855—73). Bu nazariya asosida Maksvell tenglamalari deb ataluvchi toʻrtta differensial tenglama yotadi. Tenglamalarni tahlil etib, Maksvell yorugʻlik elektromagnit toʻlqinlardan iborat ekanligi haqidagi muhim xulosalarga keldi. Maksvellning elektromagnetizm nazariyasi hozirgi zamon fizikasining klassik asosi hisoblanadi.[5]

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]