Maksim Nekrasov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maxim Nekrasov

Ushakova/Nekrasov, 2017
Shaxsiy maʼlumotlari
Asl ismi Максим Александрович Некрасов
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi 27-sentyabr 2000-yil (2000-09-27) (23 yosh)
Odintsovo
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Sherigi Yelizaveta Pasechnik
Oldingi sheriklari Arina Ushakova, Polina Velikanova
Jamoasi Sport School Odintsovo
Mashgʻulot oʻtkazadigan joyi Odintsovo
Uchishni boshlagan 2004
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 172.81
Qisqa raqs 69.18
Erkin raqs 103.63

Maksim Aleksandrovich Nekrasov (ruscha: Максим Александрович Некрасов; 2000-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — Rossiya vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosi. Konkida uchish boʻyicha sobiq sherigi Arina Ushakova bilan birga 2018-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining bronza medali sohibi va 2018 — 2019-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali kumush medali sovrindori boʻlgan. Shuningdek, Nekrasov Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida oltita medalni qoʻlga kiritgan, jumladan 2017-yilda Italiyada, 2018-yilda Litvada va 201- yilda Armanistonda boʻlib oʻtgan bosqichlarning barchasida oltin medallar bilan taqdirlangan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maksim Aleksandrovich Nekrasov 2000-yil 27-sentyabrda Rossiyaning Odintsovo shahrida tugʻilgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nekrasov 2004-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. U 2010-yilgacha yakka holda konkida uchuvchi sifatida mashq qilgan; keyin muz ustida raqs sport turiga oʻtgan.

2016 — 2017-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushakova / Nekrasov juftligi 2016 — 2017-yilgi mavsumdaalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Osmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) musobaqasida qatnashish uchun tanlanib olindi[1]. Juftlik avgust oyi oxirida Chexiyaning Ostrava va oktabr oyida Germaniyaning Drezden shahrida boʻlib oʻtgan bellashuvlarda bronza medallarini qo‘lga kiritgan[2].

2016-yil noyabr oyida juftlik 2016 Ice Star musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik 2017-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida yettinchi oʻrinni egallagan[3].

2017 — 2018-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilgi JGP seriyasida qatnashgan Ushakova / Nekrasov juftligi avgust oyida Belarusiyaning Minsk shahrida boʻlib oʻtgan bosqichda bronza medalini qoʻlga kiritgan[4]. Ular oktabr oyida Italiyaning Egna shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada oʻzlarining ilk oltin medalini qoʻlga kiritib, kumush medal sohiblari, jamoadoshlari Polishchuk / Vaxnov juftligini ikki ochkoga ortda qoldirganlar. Ushbu natijalar bilan Ushakova / Nekrasov juftligi 2017 — 2018 JGP finaliga yoʻllanma olgan va u yerda beshinchi oʻrinni egallagan[5].

2018-yil yanvar oyida Ushakova / Nekrasov juftligi 2018-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. Mart oyida juftlik Bolgariyaning Sofiya shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ham bronza medali sohibi boʻlgan[6].

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

(Ushankova bilan)

Mavsum Qisqa raqs Erkin raqs
2020 — 2021
  • Kill Bill soundtrack
2019 — 2020

2018 — 2019

  • Tango: Libertango

    Bond
  • Flamenco: Flamenco

    Valeri Dolgin

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Ushankova bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro
Musobaqa 15 — 16 16 — 17 17 — 18 18 — 19 19 — 20 20 — 21 21 — 22
Oʻsmirlar oʻrtasidagi

Jahon chempionatlari

3 5 4
JGP finali 5 2
JGP Armaniston 11
JGP Belarus 3
JGP Chexiya 3
JGP Germaniya 3
JGP Italiya 11
JGP Litva 11
Ice star 2-J
Open Ice Mall Cup 1-J
Tallin Cup 5-J
Milliy
Rossiya chempionati 7
Oʻsmirlar oʻrtasidagi

Rossiya chempionati

7 3 2 2 11
J = Oʻsmirlar darajasi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Slater, Paula. „Shanaeva and Naryzhnyy take narrow lead at Junior Worlds“. Golden Skate (2020-yil 5-mart).
  2. „Арина Ушакова - Максим Некрасов -- победители первенства России в Красноярске, Елизавета Шанаева - Девид Нарижный завоевали серебро, Ирина Хавронина - Дарио Чиризано - бронзу“ (ru). FS Russia.ru (2021-yil 5-fevral).
  3. Slater, Paula. „Nguyen and Kolesnik dance to Junior World title“. Golden Skate (2020-yil 7-mart).
  4. Slater, Paula „Shocked, Shevchenko and Eremenko pocket gold in Vancouver“. Golden Skate (2018-yil 7-dekabr). 2018-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-dekabr.
  5. Slater, Paula „Canada's Lajoie and Lagha take ice dance title at Junior Worlds“. Golden Skate (2019-yil 9-mart). 2019-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-dekabr.
  6. Slater, Paula „Lajoie and Lagha first after Rhythm Dance in Zagreb“. Golden Skate (2019-yil 7-mart). 2020-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-dekabr.