Majmu’ al-g‘aroyib

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Majmu’ al-gʻaroyib“ („Gʻaroyibotlar majmuasi“) 1569-yili Balx xoni Shayboniyxon Pirmuhammadxon I (1546—1566/67) ning topshirigʻi bilan yozilgan asardir. Asar muallifi balxlik olim Sulton Muhammad boʻlgan.

Uning otasi mavlono Darvish Muhammad Balxning oʻqimishli va katta nufuzga ega boʻlgan kishilaridan biri edi. Shayboniyzodalar Xurramshoh sulton (1506—1511) va Kistinqora sulton (1526—1544) davrida Balxning muftiysi lavozimida xizmat qilgan. 0ʻzbek tilida sheʼrlar bitgan. Uning sheʼrlaridan nam unalar „Majmu’ al-g‘aroyib“da keltiriladi. Darvesh Muhammad muftiy 1550-yil 19-fevralda vafot etgan. Asar muallifi Sulton Muhammad Balxiy xususan tarix, geografiya, astrologiya, mineralogiya, ilohiyot, fiqh va adabiyot ilmlaridan boxabar kishi boʻlgan. Otasi vafotidan keyin uning mansabida turgan Sulton Muhammad 1573-yil 12-may kuni vafot etgan. ’’Majm u’al-gʻaroyib" asarini yozishda Sulton Muhammad al-Balxiy oʻzidan avval oʻtgan olimlarning asarlaridan keng foydalangan.

Asarda Buxoro, Balx, Marv, Sogʻoniyon, Termiz, Turkiston, Samarqand va Bulgʻor kabi yirik shaharlar va ulkan mamlakatlar, dunyoda yuz bergan muhim voqealar, mashhur shayxlar, olimlar va hukmdorlar, Balx va Badaxshonning mineral boyligi haqidagi qismlari muhim ahamiyatga ega.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Madraimov, Abdumajid. Manbashunoslik: Bakalavriatning tarix yoʻnalishi talabalari uchun darslik. A.Madraimov, G. Fuzailova. Toshkent: Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.