Majid Gʻofuriy
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Majid Gʻofuriy (taxallusi; asli ismi Gʻabdulmajid Nurgʻoniyevich, 1880—1934) — boshqirdtatar shoiri. Boshqirdiston xalq shoiri (1923). Boshqird adabiyotining asoschisi. Ijodi 1902-yildan boshlangan ("Eshon muridlariga" sheʼri). "Yosh umrim" (1906), "Millat muhabbati" (1907) sheʼriy toʻplamlarini yozgan. "Faqirlikda kechgan hayot" (hikoya, 1903), "Sibir temir yoʻli" (doston, 1904), "Turmush bosqichlari" (1930), "Shoirning oltin konlarida" (1931) va boshqa asarlar muallifi. "Badnom boʻlganlar" (1927) qissasi boshqird nasrining yaxshi namunalaridan hisoblanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |