Kontent qismiga oʻtish

Majapaxit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Majapaxit — markazi Yava o.da boʻlgan Indoneziyadagi davlat (1293— taxminan 1520). Markazi — M. shahri. Indoneziyaning koʻp qismini birlashtirgan. M. davri oʻrta asrlardagi Indoneziyaning eng markazlashgan vaqti boʻlgan. Imperiyaning asoschisi — Vijaya (Kertarajasa). U davlatning xalqaro siyosiy va iqtisodiy aloqalarini mustahkamlagan. Markazlashtirish siyosatidan norozi boʻlgan Yava zodagonlari bir necha marta (Rangga Lavo qoʻzgʻoloni, 1295; Sori - 1298-1300; Nambi -1309—16; Kuti — 1319) Vijaya va uning oʻgʻli Jayanagarga qarshi chiqqanlar. 1331-yildagi soʻnggi qoʻzgʻolonlar bostirilgach, M. markazlashgan davlatga aylangan. 14-asrda Yava madaniyati gullab yashnagan. "Nagarakertagama" tarixiy dostoni yozilgan, ibodatxonalar qurilgan, tasviriy sanʼat rivojlangan. 15-asr oʻrtasidan M. inqirozga uchray boshlagan. Vijayalar sulolasi 1451-yilgacha hokimiyatni boshqargan. Soʻnggi marta M. haqida manbalarda 1516-yilda eslatib oʻtilgan. taxminan 1520-yil M. saltanati bir necha mayda davlatlarga boʻlinib ketgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil