Maishiy musiqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Maishiy musiqa - musiqa turi; maxsus (konsert zali kabi) joylarda emas, balki uy sharoitida ijro etishga moʻljallangan, odamlarning kundalik x.ayot ehtiyojlarini qondirish bilan bevosita bogliq boʻlgan janrlardyan iborat (mas, mehnat va oilaviy marosim qoʻshiqlari, lavra — oʻtirishlarda ijro etiladigan va tinglanadigan oʻyinraqs kuylari vab.). Koʻproqhavaskorlar tomonidan ijro etilganligi sababli Maishiy musiqa namunalari oqang va usullarning oddiyligi va yorqinligi, banlli shakllarning ustuvorligi, musiqa tovushqatorlarining hajman chegaralanganligi bilan ajralib turadi. Ogʻzaki anʼanadagi ijoddan Maishiy musiqaga, asosan, folklor (xalq musiqasi) yoʻnalishidagi shakllar kiradi. Koʻp ovozli musika ijodida Maishiy musiqa kompozitorlar tomonidan yaratilib, keyinchalik ommaviylashgan namunalardan iborat (mas, vals, marsh, maishiy romans va boshqalar). Oʻzbekistonda T. Jalilov, N. Hasanov, K. Jabborov, F. Sodiqov, M. Mirzayev kabi bastakorlar, S. Yoʻldoshev, 3. Obidov, O. Qosimov, N. Kulabdullayev singari sozandxpar yaratgan bir qator asarlar Maishiy musiqa sirasiga kiradi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil