Kontent qismiga oʻtish

Mahmudxon Ismoilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mahmudxon Ismoilovich Ismoilov
Tavalludi 22-iyun 1947-yil
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 2-avgust 2015-yil(2015-08-02)
(68 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi muhandis olim
Sohasi elektr
Taʼlimi Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Mahmudxon Ismoilovich Ismoilov (1947-yil 22-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR – 2015-yil 2-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik muhandis olim, texnika fanlari doktori, professor.

Mahmudxon Ismoilov 1947-yil 22–iyunda Toshkent shahrida ziyoli oilada tugʻilgan. Mahmudxon Ismoilov 1965—1970-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oʻqigan. 1970—1972-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti „Elektr energiyasini ishlab chiqarish va tarqatish“ kafedrasi assistenti, 1976—1980-yillarda „Qishloq xoʻjaligida elektr energiyasini qoʻllash“ kafedrasi katta oʻqituvchisi, 1980—1985-yillarda „Qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish“ fakulteti dekani oʻrinbosari, 1985—1992-yillarda ushbu fakultet dekani, 1992—1993-yillarda sirtqi taʼlim fakulteti dekani, 1993—1996-yillarda sirtqi taʼlim boʻyicha prorektor, 1996—2001-yillarda sirtqi taʼlim fakulteti dekani, 2001—2003-yillarda oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, 2003—2004-yillarda sirtqi taʼlim fakulteti dekani, 2004—2014-yillarda moliya-iqtisodiyot ishlari boʻyicha prorektor lavozimida faoliyat koʻrsatgan[1].

Mahmudxon Ismoilov 2015-yil 2-avgustda vafot etgan[1].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahmudxon Ismoilov 70 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan, 2 ta monografiya, 3 ta metodik tavsiyalar muallifi. 1972—1976-yillarda Moskva shahridagi Butunittifoq qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti aspiranturasida oʻqigan, 1977-yilda nomzodlik ishini yoqlab, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan[1].

  • „Shuhrat“ medali (1995);
  • „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni (2011)[1].
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet.