Mahmudjon Yoʻldoshev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yoʻldoshev Mahmudjon (1953L1.8, Izboskan tumani) — xonanda, Oʻzbekiston xalq hofizi (2000). Kuchli, keng diapozonli ovoz sohibi. T. Jalilov nomidagi Andijon musiqa bilim yurtini tugatgan (1973). Ashulachilik sanʼati sirlarini dastlab X. Rahimov, keyinchalik F. Mamadaliyev, F. Hojiqulov, Oʻ. Nuraliyevlardan oʻrgangan. Andijon musiqa maktabi oʻqituvchisi (1973—78), Andijon filarmoniyasi (1979—86), "Maqom" ansamblit (1987 y.dan) xonanda. Repertuaridan makom yoʻllari ("Nasrulloyi", "Nasri Uz zol, "Chapandozi Iroq"), katta ashula ("Oʻzbekiston", "Soz etgali keldik"), bastakorlar asarlari ("Qoshi yosunmu deyin", "Xalqimiz", "Qalandar ishqi", O. Xotamov; "Qadimgi Ushshoq" turkumi, F. Mamadaliyev; "Yorimga ayting", "Qaydasan", "Muhabbat laylosi", A. Ismoilov) va b. oʻrin olgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil