Mahmud ibn Isʼhoq Shahobiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mahmud ibn Isʼhoq Shahobiy (16-asr) – Alisher Navoiy asarlarini koʻchirgan xattotlardan biri. Buxoro xattotlik maktabi namoyandalaridan. Asli hirotlik boʻlib, taniqli xattot Mirali Hiraviy (1544-yil Buxoroda vafot etgan) qoʻlida tahsil olgan. Shayboniylardan Ubaydullaxon 16-asrning ikkinchi yarmida Hirotdan bir guruh hunarmand va olimlarni Buxoroga olib keladi. Mahmud ibn Isʼhoq Shahobiy ham shular qatorida Buxoroga keladi. U xatni nozik va chiroyli bitgani uchun unga “Anbarin zarrinqalam” unvoni berilgan. Bu xattot Navoiyning “Majolis un-nafois” asarini 1588-yilda Buxoroda kitobat qilgan. Qoʻlyozma Toshkentda saqlanadi (ToshDSHI SHQM, 3-fond, inv. raqami raqami 429). Hajmi 85 varaq. Kotib qoʻlyozma soʻngida “Mahmud anbarin zarrinqalam” deb imzo qoʻygan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat.