Mahmud Pasha (1853–1903)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mahmud Jaloliddin Posho
Tavalludi 1853-yil
Istanbul, (Turkiya)
Vafoti 1903-yil
Bryusselda
Kasbi Davlat arbobi,shoir,yozuvchi
Turmush oʻrtogʻi İffet Hanım
Seniha Sultan
Bolalari shahzoda Sabahiddin va Lutfulloh bey

Damad Mahmud Jaloliddin Posho yoki Mahmud Jaloliddin Asaf ( Istanbul.1853-yil -Bryussel.1903-yil) - Usmonli davlat arbobi, shoiri va yozuvchisi.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning otasi Usmonli dengiz zobiti Damat Gurju Halil Rifat posho, onasi esa İsmet Hanim edi. U yoshligidan otasidan erta ayrildi va maxsus ta'limoldi hamda Parij elchixonasida ikki yil ishlagandan so'ng, o'zini takomillashtirdi va fransuz tilini o'rgandi. Birinchi turmushi Iffet Hanim bilan bo'lgan. 1876-yilning 28-dekabrida Sulton Abdulaziz davrida Usmonli sultoni Abdulmejidning qizi Seniha Sultonga uylandi va Usmonlilar sulolasiga kuyov boʻldi. Bu nikohdan uning o‘g‘li shahzoda Sabahiddin va Lutfulla Bey dunyoga keldi. U 1903-yilning 17-dekabrida Bryusselda vafot etdi.

Ommaviy madaniyatda[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-2021 yillarda TRT telekanalining Payitaht: Abdülhamid serialida aktyor Hakan Boyav rolini ijro etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]