Mahmud Muzahhib

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mahmud muzahhib (15-asr oxiri -16-asr 60-yillari, Buxoro) — naqqosh, musavvir. Kamoliddin Bexzodnint shogirdi. Ijodi Hirotda boshlangan. Rassom Dust Devona, xattot Sultonali Mashhadiy bilan hamkorlik qilgan. Ilk asarlaridan Alisher Navoiy portreti (Mashhaddagi Ostoni Quds majmuasida), Abdurahmon Jomiyning "Devon"i (Vashingtondagi Lafayet unti kutubxonasida) va boshqa qoʻlyozmalarga ishlagan miniatyuralari bizgacha yetib kelgan. 1507 yildan Buxoroda yashagan, Buxoro miniatyura maktabi badiiy uslubining shakllanishiga katta hissa qoʻshgan. M.M. yaratgan asarlarida badiiy ifoda vositalari loʻnda, aniq, por-tretlarida psixologik tasvir yetakchi. M.M. ijodida Saʼdiy va Jomiy asarlari alohida oʻrin tutadi. Saʼdiyning "Boʻston" (asarning uchta qoʻlyozmasini bezagan: Lissabondagi K. Gulbekyan majmuasida, Londondagi Keyr majmuasida va boshqalar), Nizomiyning "Mahzan ul-asror" ("Sirlar xazinasi", 1545; Parijdagi Milliy kutubxonada), Jomiyning "Tuhfat ul-ahror" (1545, sobiq O. Omber majmuasida va Parijdagi Milliy kutubxonada), "Ba-horiston" (1551, sobiq Ye. de Lorey majmuasida), "Yusuf va Zulayho" Maxmud Muzaxxib. "Bazm" ("Ravzat ulmuhibban" asariga ishlangan miniatyura, Buxoro, 16-asr). (1561, Nyu-Yorkdagi sobiq Kevorkyan majmuasida) asarlari va boshqa qoʻlyozmalarni bezagan.

"Shoir portreta" (1538—39, NyuYorkdagi sobiq Kevorkyan majmuasida), "Shahzoda portreti" (1562—63 va 1570 — 71, Istanbul majmuasida), "Oshiqlar", "Uch raqqosa", "Pari", "Kurash" (Mashhaddagi Ostoni Quds majmuasida) kabi mustaqil asarlar ham yaratgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Usmonov O., Kamoliddin Behzod va uning naqqoshlik maktabi, T., 1977; Ash - rafi M. M., Bexzad i razvitiye buharskoy shkoli miniatyuri XVI v., Dushanbe, 1987.

Abdumajid Madraimov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil