Mahmud Abdurahmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mahmud Rahmatullayevich Abdurahmonov (1961.1.7, Toshkent) — ganchkor usta, Oʻzbekiston xalq ustasi (2004). Ganch oʻymakorligini usta Z.Yusupov va U. Tohirovlardan oʻrgangan. 1978-yildan „Us to“ respublika badiiy ishlab chiqarish uyushmasida usta. Abdurahmonov respublika va chet mamlakatlardagi yirik meʼmoriy inshootlar: „Shahidlar xotirasi“ yodgorlik majmuida gumbaz ichi ganch oʻymakorligi, Oliy Majlis, Aeroport, Tashqi ishlar vazirligi qabulxonasi, Oqsaroy va boshqa binolarning ganchkori bezaklarini mahorat bilan bajargan.