Mahkum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mahkum — qonun bilan taqiqlangan muayyan jinoyatni sodir etgani uchun sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxs. Oʻzbekistonda M.ga nisbatan quyidagi jazo choralari qoʻllanilishi mumkin: jarima; muayyan huquqdan yoki biror xil faoliyat bilan shugʻullanishdan mahrum qilish; axloq tuzatish ishlari; xizmat boʻyicha cheklash; qamoq; institutizomiy qismga joʻnatish; ozodlikdan mahrum qilish; oʻlim jazosi. M. jazoni sudning hukmi kuchga kirganidan soʻng oʻtaydi. Baʼzan M. aybdor boʻlsada, unga jazo tayinlanmasligi yoki uni oʻtashdan ozod etilishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasi JK, 69—79, 87— 90moddalar). Sud ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash vaqtida sodir etilgan jinoyatning mohiyati, ijtimoiy xavflilik darajasi va ishdagi boshqa holatlarni eʼtiborga olib, aybdorni jazo bermay ham xulqini nazorat qilish, tuzatish mumkin, degan qatʼiy fikrga kelsa, tayinlangan jazoni ijro etmaslik Tyirisida qaror chiqaradi. Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat natijasida yetkazilgan zararni oʻz ixtiyori bilan bartaraf etib, qilmishidan astoydil pu-shaymon boʻlsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin.

M. barcha fuqaroviy huquqlardan foydalanadi. Uning huquqiy maqomi Oʻzbekiston Respublikasining JPK ida berilgan. M. fuqaroviy, mulkiy, vorislik, mualliflik, kashfiyotchilik, mehnat, uy-joy huquqlariga ega. M. jazoni oʻtash tartibi va shartlari, oʻz huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida axborot olish, oʻquv, badiiy va boshqa turdagi materiallardan foydalanish, so-gʻligʻini saklash, shu jumladan, ambulatoriya va statsionar sharoitida davolanish, advokatlardan malakali yuridik yordam olishi mumkin. Ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlana-yotgan M. saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydi (OʻzR Konsti-tutsiyasi, 177modda).

Gʻafur Abdumajidov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil