Mahkam Mahametov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mahkam Mahametov (1935.20.5, hozirgi Jan. Qozogʻiston viloyati Sayram tumani) — rejissyor, Oʻzbekiston sanʼat arbobi (1999). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1957). 1957—78 yillar yordamchi rejissyor, rejissyor, bosh rejissyor, 1978—82 yillar Sirdaryo teatrida, 1982—85 yillar Yosh tomoshabinlar teatrida, 1985—98 yillar Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida bosh rejissyor, 1998—2000 yillar va 2000 yildan shart-noma asosida rejissyor M. rejissyor sifatida birinchilardan boʻlib televizion spektakl, televizion badiiy filmni suratga olgan (1961). Shuningdek, "Oʻqituvchi" (P. Tursun), "Davr mening taqdirimda" (A. Muxtor), "Ajal shamshiri" (N. Hikmatov), "Padarkush" (Behbudiy) kabi televizion spektak-llar; "Qoʻshchinor chiroklari" (A. Qah-hor, 3 qismli), "Moziydan bir sahifa" (X. Sultonov, 2 qismli), "Amir Muzaffar" (N. Qobil, 2 qismli) kabi videofilmlar hamda "Koʻngil koʻchalari" (M. Boboyev, koʻp qismli) videoserialini yaratdi. Shuningdek, respublikaning turli teatrlarida "Oʻttiz yoshlilar" (M. Boboyev), "Richard SH" (U. Shekspir), "Oq kema" (Ch. Aytmatov), "Qizbuloq fojiasi" (T. Toʻla), "Ikkinchi tumor" (E. Vohidov), "Qalam qoshligim" (M. Karimov) kabi spektakllarni ham sahnalashtirgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil