Mahdiyxon Muhammad Nizomiddin Muhammad Hodiy al-Husayniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mahdiyxon Muhammad Nizomiddin Muhammad Hodiy al-Husayniy (18-asr) — tilshunos olim. Astrobodda tugʻilgan. Eron shohi Nodirshohning (1736— 47) shaxsiy kotibi boʻlgan. M.ning ilmiy merosi tarix, insho, filologiya va fizikaga oid. "Tarixi Nodiriy" va "Durrai Nodiriy" kabi tarixiy asarlari Yevropa tillariga tarjima qilingan. M.ning fizikaga oid "Kitobi javohir attabiiya" ("Tabiat javohirlari kitobi") asari 1888-yilda Haydarobodda nashr qilingan. M. sharqshu-noslikka oid "Sangloh" ("Maboni ullugʻot") kitobida Alisher Navoiy asarlari misolida oʻzbek tili grammatikasini fonetik va morfologik jihatdan taxlil qilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil