Kontent qismiga oʻtish

Mahbuba Qodirova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mahbuba Shamsiyevna Qodirova (1919.25.5, Toshkent) — adabiyotshunos va matnshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1995), filologiya fanlari doktori (1975). Oʻrta Osiyo universitetni tugatgan (1936). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va Adabiyot institutida stenografistka (1934—36), katta ilmiy xodim (1956—61), Alisher navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida katta (1967—91), yetakchi ilmiy xodim (1992-yildan). Mumtoz oʻzbek shoiralari — Zebunniso, Uvaysiy, Nodira, Dilshod Barno, Muslihabegim Miskin, Saodat Mushtariy, Anbar Otin kabi ijodkorlarning hayoti va ijodiy merosini keng koʻlamda oʻrganib, ilmiy risolalar, monografiyalar yozgan va ularning sheʼriy toʻplamlarini nashr qildirgan. "19-asr oʻzbek shoiralari ijodida inson va xalq taqdiri" asarida (1977) shu davr adabiyoti va, xususan, shoiralari haqida qimmatli maʼlumotlar berilgan.

  • Nodira hayoti va ijodi, T., 1965; nadira, T.. 1967, 1990; Dilshod, T., 1971; Zebunniso, T., 1982; Shoira Anbar, T„ 1991: Shoira Muazzamxon, T., 1992; Sheʼriyat va muhabbat malikasi, T., 1998.