Kontent qismiga oʻtish

Mahbuba Muhammedova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mahbuba Muhammedova
Tavalludi 1907-yil
Vafoti 1978-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent texnika instituti
Kasbi Pedagog, injener
Turmush oʻrtogʻi Sattor Jabbor
Bolalari O‘zxon Jabbor, O‘rxon Jabbor
Dilbarxon Jabbor
Otasi Nurmuhammad Dadamuhammedov
Onasi Marhamatxonim

Mahbuba Muhammedova (1907-yil, Fargʻona — 1978-yil 28-sentabr)[1] — pedagog. XX asrning 30-yillari oxirida boshlangan qatagʻon qirgʻiniga uchragan oʻzbek ayollaridan biri. ToshMI dotsenti, Germaniyada tahsil olib qaytgan kimyogar olim Sattor Jabborning turmush ortogʻi.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matluba Muhammedova 1907-yil Fargʻonada tugʻilgan. Otasi Nurmuhammad Dadamuhammedov yangi usuldagi maktabda muallimlik qilgan. Onasi Marhamatxonim xonim, xat-savodi chiqqan, oqila ayollardan edi. Marg‘ilonning mashhur jadid muallimi bo‘lgan Nurmuhammad Dadamuhammedov farzandlarining tarbiyasiga alohida eʼtibor bilan qaradi. Ilk savodni uyida o‘zlashtirgan qizlar jadid maktabining eng oldi o‘quvchilari bo‘lib taʼlim oldilar. Moskvadagi oʻzbek maorif institutiga oʻqishga kiradi. Katta qizi Mahbuba Muhammedova dastlab Toshkentdagi xotin-qizlar bilim yurtida tahsil oladi. 1925-yilda Moskvadagi oʻzbek maorif institutiga oʻqishga kiradi. Uning ortidan singlisi Matluba Muhammedova ham Moskvaga oʻqishga keladi. Oʻqishni bitirgan Mahbuba Muhammedova 1930-yilda Germaniyada tahsil olib qaytgan kimyogar olim Sattor Jabborga turmushga chiqadi. Ular uch farzand koʻradi: Oʻrxon, Oʻzxon, Dilbarxon. Turmush oʻrtogʻi Sattor Jabbor taklifi bilan M.Muhammedova Texnika institutiga oʻqishga kiradi.

1937-yil 8-yanvar kuni ToshMI dotsenti Sattor Jabbor qamoqqa olinib, uzoq davom etgan qiynoq va tahqirlardan so‘ng 1938-yil 9-oktyabr kuni otib tashlanadi. Turmush o‘rtog‘i Mahbuba Muhammedova ham 1938-1939-yillarda qamoqda o‘tiradi. Ozodlikka chiqqach, farzandlari tarbiyasiga kirashadi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkent tekstil kombinatida direktor o‘rinbosari darajasiga qadar ko‘tarilgan[2]. 1959-yilga kelib turmush oʻrtogʻi Sattor Jabborning aybsizligi isbotlanadi. Mahbuba Muhammedova 1978-yil 28-sentyabrda vafot etgan. Farzandlaridan O‘zxon Jabbor professor, O‘rxon Jabbor esa texnika fanlari nomzodi.

  1. Б. Ҳасанов. Tarixning noma'lum sahifalari. 7-kitob. Toshkent islom universiteti 2018 — 137-bet. ISBN 978-9943-4964-4-6. 
  2. Bahrom Irzayev „Nega sen qo‘zg‘olmaysan, Millatim?! – Sho‘rolar mamlakatini larzaga solgan opa-singil Muhammedovalar“. oyina.uz. Qaraldi: 26-iyun 2023-yil.