Mahalliy soliq va yigʻimlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mahalliy soliq va yigʻimlar — davlat hokimiyatining mahalliy organlari va idoralari daromadiga oʻtkaziladigan soliq va yigʻimlar.

Oʻzbekiston Respublikasida Mahalliy soliq va yigʻimlar va yilga mol-mulk soligʻi; yer soligʻi; reklama soligʻi; avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq; ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi; savdo-sotiq qilish huquqi uchun yigʻim, shu jumladan, ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yigʻimlari; yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻulla-nuvchi jismoniy shaxslarni roʻyxatga olganlik uchun yigʻim, avtotransport toʻxtash joyidan foydalanganlik uchun yigʻim; obodonchilik uchun yigʻim va boshqa kiradi.

Mahalliy soliq va yigʻimlar va y. mahalliy byudjetga oʻtkaziladi, ularning miqdori, stavkalari, undirish tartibi, soliqdan imtiyozlar berish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda viloyatlar va Toshkent shahri xalq deputatlari kengashlari tomonidan, amaldagi qonunlarga muvofiq belgilanadi. Mol-mulk va yer soligʻi OʻzR qonun hujjatlari bilan joriy etiladi va respublikaning butun hududida undiriladi. Bu soliqlarning stavkalari OʻzR Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Mahalliy soliq va yigʻimlar va yilga oid huquqiy munosabatlar OʻzR ning Soliq kodeksi (1997 yildan 24 aprel) bilan tartibga solinadi.

Muhammadjon Nigʻmatov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil