Kontent qismiga oʻtish

Mahalliy anesteziya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mahalliy anesteziya (lokal behushlik) anesteziyaning bir turi boʻlib, nerv impulslarining uzatilishini toʻxtatib, jarrohlik sohasidagi ogʻriq va boshqa impulslarni blokirovka qilishdan iborat boʻladi[1].

Turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Neyroaksiyal (markaziy mintaqaviy)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Periferik mintaqaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Terminal (yuzaki, mahalliy)

Ushbu usul bilan nerv tugaydigan retseptorlarning oxiri bloklanadi. Bunga toʻqimalar yoki shilliq pardalarning sirtlarini mahalliy anestezik eritmalar bilan ogʻriqsizlantirish orqali erishiladi (koʻpincha 10% lidokain eritmasidan qoʻllaniladi). Oftalmologiya va otorinolaringologiyada, shuningdek, endoskopik tekshiruvlar vaqtida bu suldan keng qoʻllaniladi[2].

  • Infiltratsiya

Ushbu usul bilan ham retseptorlar hamda kichik nervlar bloklanadi. Toʻqimalarga shprits va igna yordamida mahalliy anestezik eritma bilan qatlam qatlamini ogʻriqsizlantiriladi. Ushbu turdagi anesteziyaning usullaridan biri, „qattiq sudraluvchi infiltratsiya“ usuli, mashhur sovet jarrohi Aleksandr Vasilyevich Vishnevskiy tomonidan ishlab chiqilgan. Yiringli jarrohlikda (asepsiya qoidalarini buzish), malign oʻsmalarni jarrohlik uchun onkologiyada (ablastika qoidalarini buzish) bu usuldan foydalanish inkor qilinadi.

Mahalliy anesteziyalovchi moddalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kimyoviy tuzilishiga koʻra ular amido-amid tarkibli va amido-ester tarkibli preparatlarga boʻlinadi.

Koʻrsatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

– ambulator va statsionar sharoitlarda qisqa muddatli jarrohlik aralashuvlarda;

– umumiy anesteziya uchun kontrendikatsiyaga ega boʻlgan shaxslarda;

– boshqa jarrohlik mutaxassisliklari mutaxassislari tomonidan anesteziolog yoʻqligida amalga oshiriladigan manipulyatsiyalar paytida;

– harbiy maydon sharoitlari.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

– mahalliy ogʻriqsizlantiruvchi vositalarga nisbatan allergik holat mavjud boʻlsa;

– ruhiy kasallik;- psixomotor qoʻzgʻalish;

– erta bolalik;

– nafas olish funktsiyasining buzilishi (sunʼiy shamollatish talab qilinishi mumkin);

– bemorning rad etishi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Petrov S. V., Umumiy jarrohlik, Sankt-Peterburg, „Peter“ nashriyoti, 2002 yil, 332-336-betlar.
  • Anesteziologiya va reanimatsiya, ed. Dolina O. A., M. GEOTAR-Media, 2006, 212-224-betlar

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]