Anesteziya
Jump to navigation
Jump to search
Anesteziya (yun. an – inkor qo‘shimchasi va aisthesis – sezgi, his etish) – sezgini yo‘qotish, og‘riqsizlantirish. Sun’iy A. ko‘pincha jarrohlikda va boshqa hollarda qo‘llaniladigan og‘riqsizlantirishdir. Umumiy hamda mahalliy turlari bor. Umumiy A.– umumiy narkoz; kimyoviy moddalar, elektr toki yoki ruhiy ta’sirot yordami-521da bemorni uxlatib og‘riqsizlantirish. Mahalliy A. dorilar, fizik yoki mexa-nik omillar yordamida periferik nerv sistemasining biror bo‘lagiga ta’sir qilib, uni og‘riq sezmaydigan qilib qo‘yishdir. Nerv tolalarini siqish bilan ham og‘riqsizlantirish mumkin.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |