Mahalla fuqarolar yigʻini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mahalla fuqarolar yigʻiniOʻzbekistonda fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining eng quyi organidir. Aholi yashash punktlarida mahalla fuqarolar yigʻini maʻmuriy markaz hisoblanadi. Qishloq joylarda Qishloq yoki Ovul fuqarolar yigʻini deb ataladi. Hozirgi kunda mahalla va ovul fuqarolar yigʻinlarida faol ravishda 7 nafar hodim xizmat vazifalarini bajarish bilan shugʻillanadi. Mahalla raisi ushbu “yettilik”ning ish va vazifalarini muvofiqlashtiruvchi hisoblanadi. Mahalla raisi bilan hisoblaganda, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashuvchi hokim yordamchisi, Xotin-qizlar faoli, Yoshlar yetakchisi, Profilaktika inspektori, Ijtimoiy himoya hodimi, Soliqlarni muvofiqlashtiruvchi inspektorlari faoliyat olib boradi.